Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 28-tur bellashuvlari yakunlandi. Unda chempionatning uch yetakchi klublari 3 ochkodan qo‘lga kiritdi.
Karles Puyol tushadigan “Paxtakor” — “Olmaliq” o‘yiniga talabalar majburan jalb qilinayotgani aytildi
Qarshining “Nasaf” klubi ketma-ket 10-g‘alabasiga erishdi. Qashqadaryo derbisida Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Oliy Liga bilan xayrlashgan “Sho‘rtan” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi.10 ta g‘alabasi davomida “Nasaf” umumiy 27 ta gol urdi. Darvozabon Sanjar Quvvatov faqatgina 1 marta — “Mash’al”ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Bu seriyasini uni O‘zbekiston milliy termasi sari yetakladi. Endi Ro‘ziqul Berdiyev O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inini 10-noyabr kuni boshlaydi va o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etish uchun 12-noyabr kuni Amirliklarga yo‘l oladi.
Toshkent derbisidan keyin chempionlikdan umidini uzgan va bor e’tiborini 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Kubogining finaliga qaratayotgan “Bunyodkor” Qo‘qonda 5 ta gol urib, zafar quchdi — 5:2. Shu tariqa “Buxoro” klubining kuchli to‘rtlikka kira olmasligi deyarli oydinlashdi. Bir yil avval Tachmurod Agamurodov boshqaruvida buxorolik futbolchilar mavsumni 4-o‘rinda yakunlagandi.
Toshkentning “Paxtakor” klubi chempionlikdan umidini uzib ulgurgan. Klub ayni paytda “Nasaf”ni ortda qoldirib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Qiziq tomoni, kelasi turda har ikki klub Qarshida o‘zaro to‘qnash keladi. Ro‘ziqul Berdiyev e’tiborini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qaratayotgani “Nasaf”ga qanday ta’sir ko‘rsatishini mazkur bellashuvdan keyin bilish mumkin. U Qarshi klubi lagerini ma’lum muddatga tark etganida, Shota Arveladze “Paxtakor”ni Qarshidagi muhim o‘yinga tayyorlayotgan bo‘ladi.
Izoh (0)