Agar o‘zgarishlarni xohlayotgan bo‘lsangiz, qilish mumkin bo‘lganlarning eng osoni — xonadoningizning qiyofasini o‘zgartirish. Buni bo‘sag‘adan hatlamasdan va bir tiyin ham sarflamasdan qilish mumkin.

Foto: “Inmyroom.ru”

  1. Ortiqcha buyumlarni yig‘ishtirib oling

Bizda yillar davomida ko‘plab buyumlar yig‘ilib qoladi. Birma-bir xonalarga kirib chiqing, qaysi buyumlar endi sizga kerak emasligi va qaysilaridan voz kecha olmasligingizni aniqlab oling.

Shunda siz yangicha yasatishingiz uchun bo‘sh tokchalar va joylar paydo bo‘ladi, uy ichida esa mayda-chuydalar biroz bo‘lsa-da kamayadi.

  1. Buyumlardan boshqa maqsadlar uchun foydalaning

Oshxona jihozlarini faqat oshxonaga, san’at asarlarini esa faqat mehmonxonaga joylashtirishga urinishning keragi yo‘q.

Masalan, kesish uchun ishlatiladigan chiroyli taxtani stolcha ustiga qo‘yiladigan patnis sifatida ishlatish mumkin.

Besh yilda bir marta ishlatiladigan qimmabaho likoplarni esa devorga kartinalar o‘rnida osib qo‘yish mumkin.

           3. Bo‘yoqdan foydalaning

Xonadagi mebellarga nazar soling. O‘zgarish qilish uchun eski narsalarni o‘zingiz xohlagan boshqa ranglarga bo‘yash ham mumkin.

            4. G‘ayrioddiylik — ko‘zga tashlanadigan joyga!

Har bir odamning biron-bir voqea bilan bog‘liq bo‘lgan narsasi bor. Uni ko‘zga tashlanadigan joyga qo‘yish mumkin. Bunday buyum xonani shaxsan o‘zingiz uchun shinamroq qilib ko‘rsatadi, mehmonlarda qiziqish uyg‘otishga va xonaga o‘ziga xoslik qo‘shishga yordam beradi.

            5. Kitoblardan qo‘ygich sifatida foydalaning

Dasta qilib taxlangan kitoblar haykalchalar, chiroqlar va gul ekilgan tuvaklar uchun juda munosib tagiga qo‘ygich bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu muvofiq usuldan uydagi har qanday xonada foydalanishingiz mumkin: oshxonada, mehmonxonada va hatto vannaxonada ham.

            6. Vazachalar ichiga shirinliklar qo‘ying

Chiroyli tarelkalar va vazachalar chiqaring, ularga yong‘oqlar yoki konfetlar soling, har xil mevalar qo‘ying. Bunday noz-ne’matlar atrofida beixtiyor mehmonlar yig‘ila boshlaydi.

Manba: “Layfxaker”