Ukrainalik taniqli charm qo‘lqop ustasi Vladimir Klichko havaskor bokschilarning xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) prezidentiga aylanishi mumkin.

Foto: Google Images

O‘zbekistonga JCh mezbonligini berishga qarshi bo‘lmagan AIBA prezidenti iste’foga chiqarildi

Kichik Klichko Ching Kuo Vudan bo‘shab qolgan o‘rinni egallaydi. O‘tgan hafta Dubayda AIBAning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilgan bo‘lib, tashkilot prezidentligi uchun Vladimirning nomzodi ilgari surilayotgani Ijroqo‘m a’zolariga ma’lum qilingan.

Bungacha sobiq prezident Ching Kuo Vu ham kichik Klichkoni rahbarlik lavozimlaridan biriga tayinlab, o‘ziga ko‘makchi qilib olishni rejalashtirayotgandi. Ammo Ijroqo‘m a’zolari bir ovozdan uning o‘ziga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi. Ching Kuo Vu boks assotsiatsiyasini o‘zining shaxsiy biznesiga aylantirib olgani aytildi.

2018-yilning yanvar oyida prezidentlik uchun saylov o‘tkaziladi. Dubayda o‘tadigan marosimda Klichkoning raqiblari kim bo‘lishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q.

Yil jangida Klichko 11 raund turib berdi va yakunda Joshuadan nokaut qabul qilib oldi

Taysondan tortib Shvarseneggergacha, Lennoksdan Joshuaning o‘zigacha lol qoldirgan jang haqida