Uber kompaniyasi NASA bilan shartnoma imzoladi — kelishuvga muvofiq, kosmik agentlik uchar taksilarni boshqarish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Uber Elevate servisining 8-noyabr kuni Lissabonda bo‘lib o‘tgan taqdimotida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Meduza.

Shartnoma bo‘yicha, NASA shahar havo kengliklarida harakat qiluvchi yuzlab yoki minglab uchar qurilmalarni kuzatish va boshqarish muammosini hal qilishi lozim. Taksi yo‘nalishlarini shunday belgilash kerakki, ular aeroportlar va mavjud dispetcherlik xizmatlarining ishiga xalal bermasligi lozim.

Taqdimotda Uber yo‘lovchilari konvertoplan tamoyili asosida parvoz qiluvchi uchar qurilmadan foydalanayotgani aks etgan videorolikni namoyish etdi — qurilma qanotlaridagi vintlar dastlab mashinani yuqoriga ko‘taradi, so‘ng burilib, uni xuddi samolyot kabi oldinga yurgizadi.

Uber vakillarining qayd etishicha, kompaniya uchar qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi, balki ular uchun zarur infratuzilmani tayyorlaydi. Bu masalada kompaniya hamkori bo‘lishi mumkin bo‘lganlar orasida Boeing, Embraer, Mooney va Bell Helicopter bor.

Uber Elevate’ning ilk sinovi 2020-yili Los-Anjelesda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.