Twitter barcha foydalanuvchilar uchun tvitdagi belgilar cheklovini 140 tadan 280 tagacha uzaytirdi. Bu haqda kompaniya blogiga tayanib, TJournal xabar berdi.

Foto: Slate

Ushbu yangilanish yapon, xitoy va koreys tilidagi foydalanuvchilardan boshqa barchaga tegishli. Chunki ular kam miqdordagi belgilar bilan ko‘proq fikr yoza oladi. Bu kabi imkoniyatdan yaqin kunlar ichida barcha foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Sentabr oyi oxirida kompaniya ushbu yangilikni foydalanuvchilarning kichik guruhi orqali sinab ko‘rgan edi. Bunday qarorga kelinishiga sabab, turli tillardagi aynan o‘sha so‘zlarni yozish uchun turli miqdordagi belgilar zarur bo‘ladi. Bu esa ingliz tilidagi foydalanuvchilar uchun muammo tug‘dirgan.

Test jarayoni vaqtida Twitter foydalanuvchilarining 5 foizigina 140 ta belgidan iborat xabar yuborgan, 190 ta belgidan uzunroq xabarlar esa 2 foizni tashkil etgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, uzunroq tvit yozganlar ko‘ploq “layk”, retvit va obunachilarga ega bo‘lgan.