Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenko boshchiligidagi delegatsiya 8–10-noyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Sankt-Peterburg ma’muriyati rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Delegatsiya tarkibida Qonunchilik kengashi raisi Vyacheslav Makarov, vitse-gubernatorlar Oleg Markov, Anna Mityanina, davlat hokimiyati organlari rahbarlari, OTMlar va korxonalar vakillari bor.
Tashrif chog‘ida Sankt-Peterburg madaniy-ishbilarmonlik missiyasi tadbiri o‘tkaziladi.
Toshkentda Georgiy Poltavchenko O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Gubernator, shuningdek, Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov bilan ikki tomonlama munosabatlar rivojini muhokama qildi. Uchrashuvda ikki shahar rahbariyatining 2017–2021-yillardagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy hamkorligi bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Georgiy Poltavchenko, shuningdek, qamal chog‘ida Leningraddan Toshkentga kelgan fuqarolar bilan uchrashadi.
Toshkentda “Sankt-Peterburg va O‘zbekiston Respublikasi — hamkorlikning yangi ufqlari” biznes-forumi o‘tkaziladi.
Izoh (0)