“Muhtasham yuz yil: Ko‘sem Sulton” serialidagi bosh roli bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan aktyor Ekin Ko‘ch kim? — degan savolga My Day nashri javob topishga harakat qildi.

Foto: My Day

To‘liq ismi Ismet Ekin Ko‘ch bo‘lgan aktyor 1992-yilning 21-iyunida Turkiyaning Antaliya shahrida dunyoga kelgan. Otasining xizmat safarlari tufayli tez-tez maktab almashtirgan Ekin oliy ta’limni Istanbul Bilgi Universitetida olgan. Otasi turizm sohasida, onasi esa bank sohasida faoliyat olib borgan aktyorning o‘zidan besh yosh kichik bir ukasi bor. Aktyorlik sohasiga kirib kelganga endigina to‘rt yil bo‘lgan Ekin qisqa fursatda mashhurlikka erishdi.

Foto: My Day

U ilk marta 2013-yilda ekran yuzini ko‘rgan “Sana Bir Sır Vereceğim” (“Senga bir sirni aytaman”) serialida rol ijro etgan. Lekin serial past reyting sababli tugatildi. Uning ikkinchi ishi “Benim Adım Gültepe” (“Mening ismim Gultepe”) serialidagi roli bo‘lib, bu serial ham unga omad keltirmadi. Aktyor 2015-yilda mashhur aktrisa Neslixan Atagul bilan birga “Senden Bana Kalan” (“Sendan menga qolgan”) filmida suratga tushadi.

Foto: My Day

Foto: My Day

Bu filmdan so‘ng u tanila boshlaydi, lekin unga katta omad keltirgan ishi, bu “Muhtasham yuz yil” serialining davomi “Ko‘sem Sulton” bo‘lib, bu serialdagi bosh rol uchun u hamma singari kasting orqali tanlab olingan.

Foto: My Day

Aktyor shaxsiy hayotini oshkor qilmaydi. Hozirda uning hayotida kimdir bormi, yo‘qmi noma’lum. U ayni damda “Hayat Sırları” (“Hayot sirlari”) nomli serialda bosh rolni ijro etmoqda.

Foto: My Day