O‘zbekiston va Tojikiston davlat gaz kompaniyalari o‘zbek gazini yetkazib berishni qaytadan yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Kompaniyalar o‘rtasidagi muzokaralar Toshkentda bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Uz24.
“Ayni paytda biz buning ustida ishlamoqdamiz, O‘zbekiston tomonining gaz narxi bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqmoqdamiz. Umid qilamizki, qo‘shni mamlakatdan gaz yetkazmalari yaqin oylarda qaytadan boshlanadi”, — dedi “Tojiktransgaz” vakili.
O‘zbekiston 2012-yili Tojikistonga gaz yetkazishni to‘xtatgan edi. Tojikistonning o‘zida gaz juda kam miqdorda qazib olinadi — yiliga 3 million kubometr miqdorida.
Izoh (0)