AQShda Oyga uchgan 24 kishidan biri, NASA sobiq astronavti Richard Gordon 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda NASA ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: NASA

“NASA va millatimiz koinotdagi ilk pionerlarimizdan birini yo‘qotdi. Biz Richard Gordonning oilasiga hamdardligimizni yo‘llaymiz”, — dedi NASA direktori vazifasini bajaruvchi Robert Laytfut.

Gordon Oyga ikkinchi qo‘nish missiyasi — “Apollon-12” jamoasi a’zosi edi. Uning amalga oshirilishi davomida astronavt Oy orbitasida qoldi.

AQSh harbiy dengiz kuchlari kapitani bo‘lgan Gordon 1963-yilda astronavtlar safiga qo‘shildi. Ikki missiya davomida u koinotda jami 316 soat o‘tkazgan, 1966-yildagi birinchi parvozi chog‘ida ikki bor ochiq koinotga chiqqandi.