Lamborghini kompaniyasi yuqori texnologiyalarga asoslangan Terzo Millennio nomli “kelajak sportkari” konsepsiyasini taqdim etdi. Avtomobil karbon kuzov va superkondensatorli dvigatelga ega bo‘ladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Xabar qilinishicha, Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlikda yaratilgan mashinaning asosiy vazifasi energiya tejovchi yangi texnologiyalar va materialshunoslikning imkoniyatlarini namoyish qilish hisoblanadi.

Foto: “Korrespondent.net”

Avtomobil hamma joyda qo‘llanilgan karbon hisobiga yengil bo‘ladi. Bundan tashqari, unda ko‘plab inqilobiy texnologiyalar mavjud.

Foto: “Korrespondent.net”

Ishlab chiqaruvchi avtomobilni “innovatsion superkondensatorlar”dan quvvat oladigan to‘rtta elektr motor bilan jihozlashni rejalashtirmoqda.