Ispaniya mustaqillik referendumlarini qonuniylashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shu yo‘l bilan hukumat Kataloniyadagi singari muammolarni hal qilmoqchi, deb xabar beradi BBC News.
Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Alfonso Dastis bayonot berdi.
Uning aytishicha, qirollikda bu masalada referendum o‘tkazilishi mumkin.
“Biz parlament qo‘mita tashkil etdik, u konstitutsiyaga ayrim kataloniyaliklarning talablarini e’tiborga oladigan holatlarni kiritish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Ammo qarorni hamma ispaniyaliklar qabul qilishi lozim”, — tushuntirdi vazir.
Izoh (0)