Hindistonning Ambayogay shtatida ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi, deb yozadi 7MedNews. Ayol oddiy chaqaloq tug‘ilishini kutgan, ammo Siam egizaklari tug‘ilgan. Ilm-fan tilida ular parapaglar deb ataladi.

Foto: 7MedNews

Bolalarning qo‘l va oyoqlari umumiy, tanasi ham bitta bo‘lgan. 3,7 kg vaznda tug‘ilgan egizaklarning o‘pkalari va yuraklari alohida, qolgan organlari esa umumiy bo‘lgan.

Ayolda patologiyani shifokorlar homiladorlikning 32-haftasida aniqlagan. Bolalar 36-haftada kesarcha kesish yo‘li bilan dunyoga kelgan. Shifokorlar egizaklarning hayoti uchun kurashgan, ammo chaqaloqlar bir sutkadan so‘ng nobud bo‘lgan. Parapaglarning jasadlarini ekspertlar tadqiq qilmoqchi edi, ammo ota-onasi buning uchun ruxsat bermadi.