2017-yilda Gonkong sayyohlarni o‘ziga eng ko‘p jalb etgan shahar bo‘ldi. Bu haqda Euromonitor International hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Yil mobaynida Gonkongga 25 milliondan oshiq sayyoh keldi.

Ikkinchi o‘rinda Bangkok (23,3 million), uchinchida esa London (19,8 million) qayd etildi.

Mazkur reytingda Moskva 49-o‘rinni (4,6 million), Sankt-Peterburg esa 73-o‘rinni egalladi.