Amerikaning Chikago shahri aholisi (Illinoys shtati) payqab qolgan g‘ayrioddiy jonivor noyob genetik mutatsiyali tulki bo‘lib chiqdi, deb xabar berdi UPI.

Foto: Newsline

Shahar hududlaridan birida paydo bo‘lgan oq yungli yirtqich haqidagi xabarlar bir necha hafta davomida Chikago hayvonlarni nazorat qilish boshqarmasiga kelib turgan. Guvohlar uni koyot yoki boshpanasiz it deya o‘ylagan.

Aslida esa ushbu hayvon chikagolik fuqaro tomonidan asrab olingan besh oylik tulki bo‘lib chiqqan. U o‘z xo‘jayinining uyidan qochib ketgan. Uning noodatiy rangi leykizm sababli — hayvon tashqi ko‘rinishidagi pigmentlarni qisman yo‘qotadigan noyob mutatsiya.

Yirtqichning egasi hayvonlarni nazorat qilish boshqarmasiga yordam ko‘rsatmoqda. Biroq tulki hamon qo‘lga olinmadi.

Leykizmda hayvon hujayralarining pigmenti umuman bo‘lmasligi mumkin. Bu melanotsit hujayralari bo‘lishiga qaramay, melaninni sintez qila olmaydigan albinizmdan farq qiladi.