Buyuk Britaniya fuqarosi William Hill bukmekerlik kontorasida nomi chiroyli bo‘lgan ingliz klublariga pul tikib, 574 ming funt (680 ming dollar) yutib oldi, deb xabar berdi SportBible.

Foto: SportBible

Sheppi shahrining (Kent grafligi) 59 yoshli fuqarosi 12 ta klubning g‘alabasiga 1 funt pul tikkan, bukmekerlar fikricha, ularning 11 tasi autsayder bo‘lgan. Uchrashuvlardan birining natijasi 92-daqiqada hal etilgan. Ayol tanlagan barcha jamoalar g‘alaba qozongan.

Foto: SportBible

Kontora xodimining aytishicha, u bu kabi katta miqdordagi sovrinni birinchi bor ko‘rgan.

Joriy yilning avgust oyida Gevin va Jo Maluf boksсhi Floyd Meyvezerning Konor MakGregor ustidan g‘alaba quchishiga 880 ming dollar tikib, 130 ming dollar yutib olgan edi.