ADWEEK reklama va marketing loyihalari tanlovi shu yo‘nalishdagi haftalik doirasida ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining ijodiy mehnatlari samarasini keng jamoatchilikka namoyish etibgina qolmay eng yaxshi reklama loyihalari orasida ekspertlarning munosib bahosini ham olishi mumkin.

Foto: ADWEEK

ADWEEK 2017 marketing va reklama Haftaligi doirasidagi tanlov quyidagi toifalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Video
  2. Brending
  3. Print & Outdoor
  4. Audio
  5. Integratsiyalashgan loyiha
  6. SMM
  7. PR
  8. WEB
  9. Indoor& Exhibition
  10. Konsept (Mazmun)
  11. BTL&Event marketing
  12. Ijtimoiy reklama

Hozirga qadar quyidagi uch nafar ekspertlar taklif etildi:

Farhod Qo‘chqorov, brend bo‘yicha strateg. 2014-yildan boshlab reklama sohasida faoliyat yuritadi.

Ilya Kodinsev, Publicis xalqaro agentligining ijodiy direktori.

Farhod Norboyev, McCannAlmaty va Openeyes DDB kompaniyalarida kopirayter, strateg lavozimlarida faoliyat yuritgan.

“Daryo” ushbu tadbirning axborot hamkori hisoblanadi