Fransiya chempionatining 12-turida “Marsel” o‘z uyida “Kan”ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi. Bungacha marselliklarning Yevropa Ligasi doirasidagi o‘yinida himoyachi Patris Evra muxlislardan birini tepgani bilan yodda qolgandi.
Futbol muxlisining boshiga tepgan Patris Evra memlar qurshovida qoldi (foto)
“Marsel”ning “Kan”ga qarshi o‘yinida fanatlar Patris Evraga qarshi aksiya uyushtirdi va uni jamoadan ochiqchasiga hayday boshladi. Portugaliyadagi o‘yinning ertasigayoq “Marsel” rahbariyati Evrani jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi. “Championat.asia” nashri buning oqibatida yechinish xonasi qanday ko‘rinish olgani va muxlislar Evra manziliga qanday fikrlar aytgani haqida xabar joyladi.“Sen klubdan ham muhimroqman deb o‘ylading. Biz seni o‘z ranglarimizda ko‘rishni istamaymiz”
“Futbolkaga muhabbat, muxlislarga hurmat va professionalizm. Nima, biz juda ko‘p narsa so‘radikmi?!”
“Bu o‘yin tugadi”
Evra ko‘pincha futbolni sevishini aytib, I love this game deya fikr qoldirardi. “Marsel” fanatlari unga o‘sha o‘yin tugagani haqida aytib o‘tgan.
Izoh (0)