Yerevanda 6-noyabr, dushanba kuni ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida nafaqat avtomobillar, balki novvoyxona ham zarar ko‘rdi. Bu haqda Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vestnik Kavkaza”.

Foto: Sputnik

Mamlakat FVV navbatchilik qismiga Yerevandagi Avan tumanida mashina yonayotgani haqida xabar berildi. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar brigadasi YTHga Honda Accent va Mercedes G63 to‘qnashuvi sabab bo‘lganini aniqladi.

Avariya natijasida Mercedes yo‘lning o‘tish qismidan uchib ketib, novvoyxona vitrinasiga urildi va alanga oldi.

Oradan bir soat o‘tib yong‘in bartaraf etildi. Mashina dvigatelining bir qismi va kabina, shuningdek, novvoyxona vitrinasiga shikast yetdi. Qurbonlar va jabrlanganlar qayd etilmadi.