O‘zbekistonda Xiaomi kompaniyasining Mi MIX 2 fableti sotila boshladi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Qurilma romlari sezilar-sezilmas bo‘lgan ekran va keramik korpusga ega bo‘ldi.

Foto: “Mobinfo.uz”

Fablet 5,99 dyuym va 2160×1080 pikselli ekran, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6 Gb tezkor xotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 3400 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma MIUI 9.0 firma qobiqli Android 7.1 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Xiaomi Mi MIX 2 ning 6 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotirali versiyasi Toshkentdagi “Fleshka” savdo markazida 3,9 million so‘mga sotilmoqda.

Ushbu qurilmani ko‘rsatilgan narxda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilma va uning narxi haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.