AQSh fan va san’at televizion akademiyasi jinsiy tegajog‘likda ayblanayotgan prodyuser va rejissor Xarvi Vaynshteynni o‘z a’zoligidan bir umrga chetlatish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Akademiya boshqaruvining bugungi eshituvidan so‘ng Xarvi Vaynshteyn teleakademiyadan bir umrga chetlatildi. Akademiya zo‘ravonlikning istalgan turiga qarshi chiqadiganlar va mazkur muammodan aziyat chekkanlarni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.

Har yili nufuzli “Emmi” televizion tanlovini o‘tkazuvchi tashkilot mazkur mojarodan so‘ng o‘z etika kodeksini ishlab chiqayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Vaynshteyn Amerika prodyuserlari gildiyasi, Britaniya kino institute, Amerika kino san’ati akdemiyasidan va o‘zining Weinstein Company prodyuserlik kompaniyasi direktorlar kengashi tarkibidan ham chetlatilgan.