O‘FF va PFL Oliy Liga klublari soni 2018-yildan boshlab 12 ta qolishini ma’lum qilgach, chempionatning xavfli zonasida borayotgan klublar harakatga tushdi.

Foto: “Dinamo”00

2017-yilgi mavsum avvalida bu haqda gap yo‘q bo‘lgani uchun, Oliy Liga klublari 14-o‘rindan pastga tushib ketmaslik uchun harakat qilayotgandi. Endi esa 11-o‘rindan quyida qolgan barcha klublar Birinchi Ligaga yo‘l oladi. Ayni paytda “Dinamo”, “So‘g‘diyona” va “Neftchi” klublari xavfli zonada turibdi. “Sho‘rtan”ning Oliy Ligani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi. “Obod” esa chempionatdan chetlashtirildi.

Samarqandning STV telekanali viloyatning “Dinamo” klubi mashg‘ulotiga tashrif buyurib, shu masala yuzasidan lavha tayyorladi. Bunda klub bosh murabbiyi va rahbariyatidan tortib, futbolchilarga qadar O‘FF qaroridan norozi ekanini ko‘rish mumkin.

Rustam Istamov — “Dinamo” sport direktori

Oleg Tyulkin — “Dinamo” bosh murabbiyi

Jasur Azimov — “Dinamo” futbolchisi

Mixail Naumov — “Dinamo” darvozaboni