Uels vazirlar mahkamasining sobiq a’zosi Karl Serjentning tanasi uning uyidan topildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Noyabr oyida bir necha ayol uning ustidan sudga shikoyat qilib, sobiq amaldorni tegajog‘liq qilishda ayblagan edi. 49 yoshli Serjentga qarshi partiya surishtiruvi boshlangan edi.
Leyboristlar partiyasi vakili bo‘lmshi Serjent vazirlar mahkamasining jamoa guruhlari va bolalar masalalari bo‘yicha kotibi mansabini ushbu ayblovlardan so‘ng yo‘qotdi. Politsiyaga ko‘ra, siyosatchi o‘z joniga qasd qilgan.
Leyboristlar yetakchisi Jeremi Korbin Serjentning o‘limidan dahshatga tushganini ta’kidladi. O‘z navbatida, vazirlar mahkamasi Serjent Uelsda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shganini e’tirof etdi.
Izoh (0)