3-noyabr kuni Toshkentning Yashnobod tumanida Nasrullayev Shavkat ismli shaxs marixuana giyohvand moddasini sotgan chog‘ida ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.
Aytilishicha, o‘sha kuni soat taxminan 12:00 da Yashnobod tumanida joylashgan qurilish mollari do‘koni oldida 1976-yilda tug‘ilgan Nasrullayev Shavkat 300 dollar evaziga 14,27 gramm marixuana sotganligi aniqlanib ushlangan. Hududda “Qoradori-2017” tadbiri o‘tkazilayotgan edi.
Holat yuzasidan JKning 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)