Britaniyaning Park Indigo firmasi dunyodagi eng mashhur avtomobil modellari ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: Ford Motor Company

Reytingga 25 mamlakatda sotilayotgan Toyota Hilux pikapi yetakchilik qildi. Ikkinchi pog‘onani esa asosan Yevropada talabgir bo‘lgan Volkswagen Golf egalladi. Uchinchi o‘rinni Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlarida mashhur bo‘lgan Toyota Land Cruiser band etdi. Shimoliy Amerikada esa “og‘ir vaznli” Ford F-150 yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Tadqiqotga ko‘ra, Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan model — Hyundai Solaris. Shu bilan birga Lada 4x4 qo‘shni Ozarbayjondagi barcha raqiblarini ortda qoldirgan.

Avvalroq, “Avtostat” agentligi Rossiyadagi eng mashhur xorij avtomobillari reytingini e’lon qilgandi. Kuchli uchlikdan Ford Focus, Hyundai Solaris va Toyota Corolla joy olgan.