Vazirlar Mahkamasining 5-iyundagi “Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 356-sonli qaroriga muvofiq Turizm qo‘mitasining bosh ofisi manzili o‘zgartirildi. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilindi.
Xabarnomada aytilishicha, tuzilma moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, uning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, soha vakillari uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18-uy manzilda joylashgan bino Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi balansiga o‘tkazildi.
Shu munosabat bilan qo‘mita tomonidan yangi binoga bosqichma-bosqich ko‘chish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida “yagona darcha” tamoyili asosida qo‘mita tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari faoliyatini litsenziyalash hamda sertifikatlashtirish mazkur binoda amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)