Italiyaning tegishli muassasalari xodimlari O‘rta Yer dengizida tutib qolingan kemadan nigeriyalik 26 o‘smir qizning tanasini topdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Halok bo‘lgan qizlarning yoshi 14–18 orasida edi. Ular jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Ayni paytda tanalar Italiya harbiy kemasiga ko‘tarildi. Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi.
Ushbu operatsiya doirasida 375 kishi qutqarib qolindi. Ular Salerno portiga yetkazildi. Qutqarib olinganlarning ko‘pchiligi Nigeriya, Senegal, Gana, Sudan va Gambiya fuqarolaridir.
Izoh (0)