Olimlar guruhi Oyning ehtimoliy portalishini bashorat qildi. Unga ko‘ra, portlash insoniyatning o‘limiga sabab bo‘ladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

Mutaxassislarning qayd etishicha, Oy Yerning quyosh atrofida aylanishini sekinlashtiradi. Oyning yo‘q bo‘lishi esa Yerning aylanishini tezlashtiradi va sayyoraning atmosferasi yo‘q bo‘lishiga olib keladi.

Bundan tashqari, Oy Yer o‘qining egilishini muvozanatlashtirib turadi, bu tufayli esa Yerda fasllar almashishi bir maromda kechadi. Ehtimolga ko’ra, yo‘ldosh mavjud bo‘lmasa, Yer yon tomonga egilib ketadi.

Agar bu yuz bersa, sayyora iqlimi qattiqlashadi va qutblar isib ketadi. Isish o‘z o‘rnida hosildor yerlarning suv ostida qolishiga sabab bo‘ladi.

Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Oyning portlashi alomatlari kuzatilmayapti.