O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov mamlakat hakamlari va nazoratchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Kun tartibiga hakamlik sifatini oshirish masalasi qo‘yilgan va ularga tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Bu ko‘rsatmalar aynan nimalardan iborat ekani ochiqlanmagan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha katta ko‘lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Federatsiya rahbariyati bir qator islohotlar o‘tkazib, yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqishga harakat qilyapti. Futbol rivojida siz hakamlarning ham o‘z o‘rningiz bor. Shu sababdan bugungi yig‘ilishimizda sizlardan o‘z ishingizga professional yondoshib, o‘yinlarni xolis va mas’uliyat bilan boshqarib borishingizni so‘rayman. Oxirgi paytlarda O‘zbekistonda hakamlik bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi kamchiliklar ko‘zga tashlanmoqda. Men tushunaman, ish bor joyda, xato bo‘ladi. Lekin ataylab xatolikka yo‘l qo‘ygan, sport prinsiplaridan og‘ishgan hakamlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.“Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi Toshkent derbisi oldidan hakamlar boshlig‘i Noil Lutfulin o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketgandi. Endi uning o‘rnida Ma’mur Saidqosimov faoliyat olib boradi.Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, hakamlik saviyasini oshirish va adolatli hakamlikni ta’minlashni asosiy vazifalarimizdan biri deb bilaman. Mana shu maqsadda sizlarga Ma’mur Saidqosimov yangi rahbar sifatida tayinlandi. Ishonamanki, siz mutaxassislar yaqin orada yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etib, o‘yinlarni xolis va munosib boshqarib, o‘zbek hakamligini yuqori bosqichga olib chiqish uchun o‘z kuch va bilimingizni ayamaymizlar.
Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti
Hakamlar Boshqarmasi rahbari Toshkent derbisigacha O‘FFdan o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi
Federatsiyada rahbariyat alishgach, noxolis deb hisoblangan hakamlarga jiddiy choralar ko‘rildi. Rustam Bobomurodov 1 ta xato sabab futboldan umrbod chetlashtirildi. Olim Tolibjonov 10 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Keyinroq Vadim Agishev, Nabi Ro‘zimov, Asker Najafaliyev, Bahodir Bahromov kabi hakamlar mavsum yakunigacha futboldan ketdi. Ularga qo‘shilib, nazoratchi Igor Nexochin ham “dam oladigan” bo‘ldi.Hakamlar bilan uchrashuv davomida “Paxtakor” — “Bunyodkor” va “Buxoro” — “Paxtakor” o‘yinlaridagi hakamlik masalasi ko‘rib chiqilmadi. Birinchisida Aziz Asimov va Doniyor Saylavov jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygani OAV tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, ikkinchisida Sherzod Qosimov hakamligi bahs va munozaralarga sabab bo‘lgandi.
Oddiy xatolari uchun 6 hakamni futboldan chetlatgan O‘FF, “Paxtakor”ga g‘alaba keltirgan hakamlar masalasini ochiq qoldirmoqda
Bugungi kunda yurtimizda bo‘layotgan katta islohotlar jarayonida muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev har bir ishga adolat bilan yondoshib, bizga o‘rnak ko‘rsatyaptilar. Hozirgina Umid Muhammadjonovich ta’kidlab o‘tganlaridek, biz hakamlar o‘z ishimizga mas’uliyat va adolat bilan yondoshib, muxlislarimiz ishonchini oqlashga borimizni berib harakat qilishimiz kerak. So‘nggi paytlarda hakamlik bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar va muxlislar e’tirozlarini inobatga olib, shu xatolar ustida jiddiy ishlab, uni boshqa qaytarmaslik va har bir o‘yinda sifatli, adolatli hakamlik namoyish etib, futbolimiz rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.Ravshan Ermatov, FIFA referisi
Izoh (0)