Janubiy Koreyaning Seul shahrida yashovchi ayol ko‘p qavatli uyning 13-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini tashladi va ishga ketayotgan erkakning ustiga kelib tushdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Foto: South China Morning Post

Hodisaning ikki ishtirokchisi ham jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan. Shunga qaramay, shifokorlar ularning hayotini saqlab qola olmagan. Erkak va ayol vafot etgan.

Politsiya hisobotiga ko‘ra, ayol depressiyalardan qiynalgan va hayotiga nuqta qo‘yishga qaror qilgan.