Walt Disney kompaniyasi 21st Century Fox kinokompaniyasi operatsiyalarining katta qismini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bordi. Bu haqda, The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Walt Disney

Aytilishicha, Disney 21st Century Fox’ga kabel telekanallari, shu jumladan, FX va National Geographic Channel’ni, 21st Century Fox kinostudiyalari, shuningdek, kontent tarqatish bo‘yicha chet el operatsiyalarini sotib olishni taklif qilgan.

Manbalarning so‘zlariga qaraganda, ikki tomonning muzokaralari bosh berk ko‘chaga kirib qolgan. Kelishuvga erishilmagan savollar ichida narx masalasi ham bor.

Kelishuv amalga oshsa, 21st Century Fox faqat yangilik va sport telekanallari bilan qolar edi.

Shunga qaramay, kelishuvlar qaytadan boshlanishi mumkin.

6-noyabr holatiga ko‘ra Disney kapitalizatsiyasi 155,3 milliard dollarni, 21st Century Fox kapitalizatsiyasi esa 50,2 milliard dollarni tashkil etdi.