AQShda 72 yoshida soul va pop ijrochisi Robert Nayt vafot etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Nayt “uzoq davom etmagan xastalik” tufayli olamdan o‘tdi. Boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.

Robert Nayt (haqiqiy ismi-sharifi Robert Pibls) 1945-yilda Tennesi shtatining Franklin shahrida dunyoga keldi. Fairlanes guruhi tarkibida faoliyat olib bordi va Paramounts yetakchisi bo‘lgandi.

Xonanda 1967-yili matnlar muallifi Baz Keyson bilan tanishdi va birgalikda o‘zining ilk yakka ijrodagi albomi ustida ish boshladi. Mazkur albomga Everlasting Love qo‘shig‘i ham kirgandi. Tarona o‘sha yilning o‘zida Billboard jurnalining “100 ta eng mashhur qo‘shiq” reytingidan o‘rin oldi.

Ushbu qo‘shiqni keyinchalik ko‘plab taniqli xonandalar va guruhlar, jumladan, U2 va Love Affair qayta ijro etgandi.