Yaqinda paparattsi Gollivud yulduzi Anjelina Jolini muxlislariga dastxat berayotgan vaqtda qo‘qqisdan “qo‘lga tushirdi”, deb yozadi 7MedNews.

Foto: 7MedNews

Insayderlar tomonidan chop etilgan suratlarda Anjelina Joli juda charchagan va ozib-to′zib ketgan holatda aks etgan. Los-Anjeles ko‘chalariga aktrisa qora ko‘ylakda chiqqan. Libosi did bilan tanlangan bo‘lsa-da, Anjelinaning o‘zi unchalik yaxshi ko‘rinishda emasdi. Shunga qaramay, u muxlislariga jon deb dastxat yozib berdi va ular bilan selfiga tushdi.