AQSh prezidenti Donald Tramp va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe rafiqalari Melaniya va Akie bilan birga 6-noyabr kuni amerikalik oliy martabali mehmonlar sharafiga uyushtirilgan banketda ishtirok etdi. Tadbir Tokidagi davlat qabullar uyida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EFE

NHK telekanaliga ko‘ra, marosimda 70 ga yaqin odam ishtirok etdi. Ular orasida yaponiyalik musiqachi, PPAP (Pen-Pineapple-Apple-Pen) qo‘shig‘i orqali tanilgan Pikotaro bor edi.

Tushlik menyusi asosan yapon taomlaridan iborat bo‘ldi. Melaniya banketga qizil libos, Akie esa krem rangli kimonoda keldi.

Pikotaro’ning PPAP qo‘shig‘i YouTube’da 110 million marta ko‘rilgan va xonandagi xalqaro shuhrat keltirgan edi. AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp qizi Arabellaning ushbu qo‘shiqqa ijro etgan parodiyasini Instagram’ga joylashtirgan edi.

Apologies in advance—this may be stuck in your head all day. #PineapplePen 🍍🍎🖊

A post shared by Ivanka Trump (@ivankatrump) on