Biron bir buyumni sotib olish uchun borayotganingizda, diqqatingizni faqat buyumlarning quyida keltirilgan sifatlariga qaratishga o‘zingizni oldindan tayyorlang.

Foto: Flickr

1-maslahat: Agar siz paxtadan qilingan buyum olmoqchi bo‘lsangiz, gazlamaning burchagini kaftingiz ichida siqing. Agar gazlama g‘ijim bo‘lsa va g‘ijimlangan qog‘ozga o‘xshab qolsa, demak u – tabiiy paxta emas. U birinchi yuvishdan keyin o‘z ko‘rinishini yo‘qotadi va eskidek bo‘lib ko‘rinadi.

2-maslahat: Tikishning mahkamligini bilish uchun choklarini tekshiring. Agar gazlamani chok qilingan joyidan tortsangiz, unda ko‘z oldingizda tikishning sifati haqidagi manzara paydo bo‘ladi. Tig‘iz tikishlar va mahkam chok – buyumlar sifatining yaxshiligi belgisi. Sifatsiz mahsulotlarning tikish joylarida ochiq joylar qoladi, agar ular tortilsa choklar cho‘ziladi.

3-maslahat: Sifatli buyumlardagi zanjirsimon yopqichlar metalldan yasaladi va har doim planka bilan yopilgan bo‘ladi. Bunga albatta e’tibor bering. Bunday yopqichlar ishonchli va uzoq vaqt xizmat qiladi.

4-maslahat: Buyumning qayrilgan joyiga e’tibor bering. U shim va yubkalarda 4 smdan kam bo‘lmasligi, bluzka va ko‘ylaklarda – 2 sm gacha bo‘lishi kerak. Agar qayrilgan joyi kichikroq yoki umuman yo‘q bo‘lsa, buyumning chekkasi overlok qilingan bo‘lsa, unda bu buyumning sifati pastligidan darak beradi.

5-maslahat: Gazlamaning tortilganidan keyin o‘z shakliga qaytish xususiyatini tekshiring. Gazlamani biroz torting va yana darrov qo‘yib yuboring. Agar u cho‘zilsa va yana o‘z shakliga qaytsa, unda bu sifatli gazlama ekanligidan dalolat beradi.