2017-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda chiqarilgan plastik kartalar soni 20,05 million donadan oshdi. Bu haqda, O‘zbekiston markaziy bankiga asoslanib, UzDaily xabar bermoqda.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning tijoriy banklari 231516 terminal hamda 5434 bankomat va infokiosklar o‘rnatdi.
Regulyator ma’lumotlariga qaraganda, terminallar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 40,48 trillion so‘mni tashkil etdi.
Iste’moldagi plastik kartalar soni bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinda turibdi — 4723130 dona. Bu borada Jizzax viloyati 590712 dona karta bilan oxirgi o‘rinni egalladi.
Izoh (0)