Simsiz aloqa uchun mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi Broadcom kompaniyasi o‘z raqibi Qualcomm’ni rekord miqdordagi summaga — 130 milliard dollarga sotib olmoqchi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Narx Qualcomm aksiyalarining 2-noyabrdagi narxlariga mo‘ljallanib, 28 foiz ustama bilan hisoblangan. Kelishuvning bir qismini Broadcom aksiyalari bilan qoplash rejalashtirilmoqda.
Reuters’ga ko‘ra, agar Qualcomm taklifni qabul qilsa, bu texnologik kompaniyalar tarixidagi eng yirik xarid bo‘ladi.
Izoh (0)