Malayziya politsiyasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kich Chen Namning o‘ldirilishida gumon qilinayotgan shaxslar nomini oshkor qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Xanamori laqabli 57 yoshli Li Che-nam, 34 yoshli Xon Son-xa (Janob Chang), 33 yoshli Li Chi Xyon va 57 yoshli O Chon-kil qotillikdan bir necha hafta muqaddam Malayziyaga alohida-alohida kelgan. Aynan ular Kim Chen Namning o‘ldirilishini rejalashtirib, amalga oshirishda gumonlanmoqda.
Ular 31-yanvar – 7-fevral orasida mamlakatga kirib kelgan. Oradan ko‘p o‘tmay, Kim Chen Nam aeroportda o‘ldirib ketilgan edi.
Izoh (0)