Iroq federal sudi Kurdiston muxtoriyatining mamlakat tarkibidan chiqishi mumkin emasligi haqida qaror qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi haftalarda Iroq Kurdistoni atrofidagi vaziyat keskinlik saqlab turibdi. 25-sentabrdagi referendumdan so‘ng mintaqa hukumati mustaqillik e’lon qilishga tayyorlanayotgan edi, ammo Iroq muntazam qo‘shinlari “Hashd ash-Sha’biy” qurollangan otryadlari ko‘magida kurdlarning “Peshmerga” qurolli militsiyasini Kirkukdan va yana ko‘plab pozitsiyalardan siqib chiqardi. Kurdiston prezidenti Mas’ud Barzoniy iste’fo berdi.
Shu masala yuzasidan o‘tkazilgan eshituvlardan so‘ng sud respublika konstitutsiyasida biror-bir mintaqaning ajralib chiqishini belgilaydigan modda yo‘qligini tasdiqladi.
Izoh (0)