Xalqaro olimlar guruhi orangutanlarning Shimoliy Sumatra viloyatidagi (Indoneziya) chekka hududda yashovchi yangi, uchinchi turini aniqladi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Foto: Wikimedia Commons

Ularga Tapanuli Orangutani deb nom berildi.

Ular aslida 20 yil avval topilgandi, biroq olimlar jonivorlar genomi va bosh suyagi morfologiyasini kompleks o‘rganishdan so‘ng uzil-kesil xulosaga keldi.

Tadqiqot natijalari Tapanuli orangutanlarining ajdodlari boshqa ikki tur — Sumatra va Kalimantan orangutanlari ajdodlaridan taxminan 3,3 million yil avval ajralganini ko‘rsatdi.

Yangi tur yo‘qolib ketish xavfi ostida, ularning soni 800 dan oshmaydi.