Taraqqiyot o‘zi bilan birga faqat farovonlikni emas, balki chiqimlarni ham olib keladi va biz buni hamma joyda uchratamiz.

Foto: “Xitrosti jizni”

Yuvish vositalarining takomillashtirilgan qoidalari har qanday kirlarni mukammal tarzda ketkazishni osonlashtira boshlashi bilan odamlarda har xil allergiyalar namoyon bo‘lish hollari keskin ravishda oshdi.

Salomatligimizni asrash uchun ekologik jihatdan toza bo‘lgan yuvish vositalariga qaytishning vaqti keldi.

Zararli yuvuvchi vositalarni ekologik toza vositalarga almashtirishning  bir necha usullarini ko‘rib chiqamiz:

  1. Universal yuvish vositasi

Tarkibi:

  • sovun 72% – 100 g;
  • iste’mol sodasi – 2 osh q.;
  • xushbo‘y yog‘ – 5 tomchi;
  • issiq suv – 100 ml.

Tayyorlash usuli:

Mayda qirg‘ichda qirilgan sovun maydasini issiq suvga soling va gubka bilan ko‘pirtiring. Soda, xushbo‘y yog‘ni qo‘shing va yana ko‘pirtiring. Mikserdan foydalanishingiz mumkin.

Qo‘llash: Hosil bo‘lgan pasta yordamida siz nafaqat idishlarni, balki kafellar, santexnika va oshxona jihozlarini ham osongina tozalashingiz mumkin.

  1. Idishlarni yuvish uchun gel

Tarkibi:

  • sovun 72% – 25 g;
  • glitserin – 4 osh q.;
  • aroq – 1 osh q.;
  • issiq suv – ½ litr.

Tayyorlash usuli:

Qirg‘ichda qirilgan sovunni metall idishga soling va ozroq issiq suv qo‘shing. Sovun yaxshilab erishi uchun metal idishni suv solingan boshqa idish ichiga joylashtiring va gazga qo‘ying. Qolgan suvni asta-sekin qo‘shing va sovun butunlay eriguncha aralashtiring. Keyin idishni olovdan oling va soviting. Tayyor bo‘lgan massa sovugandan keyin glitserinni va aroqni qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring va alohida idishga solib qo‘ying.

Qo‘llash: Hosil bo‘lgan vosita idishlardagi yog‘larni yaxshi tozalaydi va qo‘llarga zarar keltirmaydi.

Manba: “Xitrosti jizni”