Olimlar bundan 66 million yil oldin Yerga tushgan, diametri 12 kilometrga teng asteroidning global iqlimga yetkazgan ta’siri bo‘yicha aniqroq tasavvurga ega bo‘ldi, deb xabar berdi “Nauka”.

Foto: “Nauka”

Ushbu asteroidning tushganini Meksikadagi Chiksulub krateri isbotlaydi. Hodisa oqibatida Mel-paleogen qirilish vujudga kelgan, atmosfera oltingugurt va karbonat angidrid gaziga to‘lgan.

Buni aniqlash uchun AQSh Planetologiya instituti va London Imperial College’i mutaxassislari asteroid zarbasi va u keltirib chiqargan oqibatlarning batafsil modelini yaratdi.

To‘qnashuv 60 gradus burchak ostida, kamida soniyasiga 1 kilometr tezlikda sodir bo‘lgan. Bu nafaqat dinozavrlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lgan, balki atmosferaga 300 milliard tonnadan ortiq oltingugurt va 400 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi tushgan. Shuningdek, bir necha yil global past harorat kuzatilgan.

Gazlarning bu qadar hajmi havo haroratini 26 daraja Selsiyga tushirib yuborgan va bu kabi holat uch yil davom etgan.