Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Nadterechniy tumanidagi Beno-Yurt qishlog‘ida yashaydigan uchinchi sinf o‘quvchisi Xeda Ibaxiyeva eng yaxshi she’r yozib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi she’rlar tanlovi g‘olibi bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”. Ushbu tanlovni Ramzan Qodirov Xaq birligi kuni mubosabati bilan e’lon qilan edi.

Foto: “Krpress.ru”

Uning yozishicha, Xeda tanlovda yutib chiqqani uchun iPhone X’ni qo‘lga kiritishini bilgach, xafa bo‘lgan. Qizcha tanlovda iPhone yutib olish uchun emas, Putinga nisbatan mehr va hurmatini izhor qilish uchun qatnashganini aytgan.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovga bir kecha-kunduzda Rossiya yetakchisiga bag‘ishlangan uch mingdan ortiq she’r kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov so‘nggi modeldagi iPhone smartfonidan foydalanishi haqidagi axborotni rad etgach, “KVN”ning NK Production jamoasi unga yangi iPhone X sovg‘a qilgan edi.