Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 27-turidan keyin “Sho‘rtan”ning taqdiri hal bo‘ldi. Navbatdagi 3 ta tur davomida g‘uzorliklar maksimal ochkoni qo‘lga kiritganida ham, elitadagi o‘rnini saqlab qololmaydi.

Foto: “Olmaliq”

Oliy Liga. “Bunyodkor” va “Lokomotiv” vodiy klublarini yenga olmadi. “Paxtakor” penalti sabab zafar quchdi

Bungacha PFL Toshkentning “Obod” futbol klubini Oliy Ligadan chetlashtirgan bo‘lsa, FIFA “Sho‘rtan”ni chetlatishni talab qilayotgandi. Talab qondirilmay turib, klubning o‘zi taqdirga tan berib qo‘ya qoldi.

G‘uzorlik futbolchilar so‘nggi turni Olmaliqda o‘tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. PFLning yangi qaroriga ko‘ra, ligada 11 ta jamoa o‘z o‘rnini saqlab qoladi. Qolganlar esa quyi ligaga surgun qilinadi. “Sho‘rtan” ular orasida bo‘lishi endi aniq.

Ayni vaqtda “Neftchi”, “Dinamo” va “So‘g‘diyona” klublari ham xavfli zonada bo‘lib turibdi. Voqealar rivoji shu taqlid davom etsa, Farg‘ona, Samarqand va Jizzax klublari ham Oliy Ligadan tushib ketishi mumkin.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

27-tur bellashuvlari

4-noyabr, shanba

“Olmaliq” — “Sho‘rtan” 3:1

Gollar: Zafar Polvonov, 3 (1:0). Shohnazar Norbekov, 21 (2:0). G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 66-pen (3:0). Yevgeniy Kochnev, 70 (3:1).

“Nasaf” — “Metallurg” 2:0

Gollar: Dragan Cheran, 27 (1:0). Bahrom Abdurahimov, 51 (2:0).

“Buxoro” — “Qo‘qon—1912” 2:2

Gollar: Ergash Ismoilov, 9 (1:0). Suhrob Berdiyev, 25 (1:1). Ivor Vaytser, 65 (2:1). Murod Xolmuhammedov, 87-pen (2:2).

“Qizilqum” — “Dinamo” 1:0

Gol: Samandar Shodmonov, 18 (1:0).

Foto: “Championat.asia”