Kingdom Holding investitsion kompaniyasi egasi, Saudiya Arabistoni qirolining jiyani, milliarder al-Valid bin Talal korrupsiyada ayblanib hibsga olingan qirollik oilasi a’zolari ichida bor. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Muqaddam Saudiyada korrupsiya ayblovi bo‘yicha 11 shahzoda va amaldagi hukumatning to‘rt nafar vaziri hibsga olingani ma’lum qilingan edi.
Al-Validdan tashqari, hibsga olinganlar orasida sobiq moliya vaziri Ibrohim al-Assof bor. Undan tashqari, yana o‘nla sobiq vazirlar ushlangani haqida ma’lumot bor.
Izoh (0)