AQShning Luiziana shtatida 15 yoshli o‘smir yuk mashinasini o‘g‘irlab ketib, uning benzinidan avliya Pavel nomidagi baptist cherkoviga o‘t qo‘yishda foydalandi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Voqea Richland shahrida bo‘lib o‘tdi. Cherkovning bir necha oy muqaddam qurilgan yangi binosi yonib ketdi. Yong‘in haqida mahalliy sherifga guvohlar xabar qildi. Shuningdek, ular yong‘indan oldinroq yuk mashinasi haydab kelgan o‘smirni ko‘rganini bildirdi.
Transport vositasiga egalik qiluvchi kompaniya mashinaning harakatlanishini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Natijada avtomobil Kolduell okrugidagi cherkovda tutib qolindi.
Qo‘lga olingan maktab o‘quvchisi muqaddam shu firmaning yana bir yuk mashinasini o‘g‘irlagani aniqlandi.
Jinoyat motivlari ma’lum emas. Jinoyatchi oq tanli, cherkovning ko‘pchilik tashrifchilari esa afroamerikalik ekanligi bois matbuot bunda irqchilik belgilarini ko‘rmoqda.
Izoh (0)