Apple rahbari Tim Kuk investorlar bilan bo‘lib o‘tgan konferens-muloqot vaqtida iPhone X’ning narxini bir finjon qahvaga qiyosladi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Uning so‘zlariga ko‘ra, ming dollarga yangi iPhone’ni sotib olish “qimmat qahvaxonalardan birida har kuni bir finjon qahva ichishdan arzonroq turadi”. Shu bilan birga, u gap smartfonni “pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish” haqida ketayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“iPhone’ni yangilash dasturiga ko‘ra, Apple’ning eng qimmat smartfoni uchun to‘lov oyiga 56 dollarni tashkil etadi. Bu kuniga ikki dollardan kamroq demakdir, Nyu-Yorkda qahvaning o‘rtacha narxi 4 dollar turadi”, — dedi Apple rahbari.

Kukning so‘zlariga ko‘ra, bir finjon qahva sotib olishga qodir har qanday odam iPhone X ham sotib olishi mumkin.