Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova 30-oktabr kuni “Rossiya 1” telekanali efirida Usama ben Laden o‘z vaqtida Oq uyda qabulda bo‘lgani haqida gapirdi, deb yozmoqda Meduza.

Foto: Twitter / @NashaCanada

Rossiya TIV vakili Usama ben Laden va Hillari Klintonning salomlashib turgani aks etgan suratga ishora qilib, uning Oq uydagi uchrashuvlar va muzokaralari haqida gapirgan.

Aslida esa Usama ben Laden hech qachon Oq uyda bo‘lmagan, buni efir vaqtida jurnalistlar ta’kidlagan. Birinchi raqamli sobiq terrorchi fotoshop yordamida mazkur suratga joylashtirilgan. Asl suratda esa Klinton hind qo‘shiqchisi Shubxashish Mukherji bilan salomlashib turibdi.

Uning mazkur gapiga qarshi aytilgan fikrlarga javoban, Mariya Zaxarova Oq uyda bo‘lgan ben Laden haqida gapirganida ben Ladenning o‘zini emas, balki uning safdoshlarini nazarda tutganini ta’kidlagan. Shuningdek, Zaxarova senator Rend Polning bir nechta bayonotini ham keltirgan. Unga ko‘ra, senator AQShning ben Ladenga qurollar va pul bilan yordam bergani haqida gapirgan.