O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionatiga taklifnoma oldi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Ravshan Ermatov. Foto: stadion.uz

Foto: O‘FF

Toshkent derbisini boshqarishga loyiq ko‘rilmagan Ravshan Ermatov OChL final uchrashuviga tayinlandi

Shu yilning 6—16-dekabr kunlari o‘z qit’asining chempion klublari BAAga tashrif buyuradi. Jumladan, Yevropa Chempionlar Ligasining g‘olibi sifatida Madridning “Real” klubi ham Amirliklarga yetib keladi.

Odil Ahmedov Jahon Chempionatida o‘ynamaydi. “Shanxay SIPG” OChL finaliga chiqa olmadi

Ravshan Ermatov Jahon Chempionatiga yordamchilari Jahongir Saidov va Abduhamidullo Rasulov bilan birga boradi. Bungacha mazkur brigada Rossiyada bo‘lib o‘tgan Konfederatsiyalar Kubogida ishtirok etgan va 2018-yilgi Jahon Chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan nomzodlar orasida kiritilgandi.

Ravshan Ermatov Jahon Chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin boshqargan referi hisoblanadi — 9 ta.

O‘FF xabarida Aziz Asimov va Sherzod Qosimovning navbatdagi tayinlanuvlari haqida ham so‘z boradi. Yaqindagina “Paxtakor” — “Bunyodkor” o‘yinida ishlagan Asimov OCh U19 saralashi uchun Qatarga safar etadi. Sherzod Qosimov esa OCh U16 saralashida ishlash uchun Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida bo‘ladi.

“Paxtakor” o‘yinidan keyin eng ko‘p muhokama qilingan Sherzod Qosimov rag‘batlantirildi: u Qatar — Chexiya o‘yinini boshqaradi