Nyu-Jersi shtatidagi ikkita islom markaziga telefon qo‘ng‘iroqlari amalga oshirildi. Ularning davomida noma’lum shaxslar bu markazlarga tahdid qildi, deb xabar beradi “TASS” NBC telekanali ma’lumotlariga asoslanib.

Paterson islom markazi. Foto: NBC

Manxettenda asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov tomonidan uyushtirilgan teraktdan so‘ng bu kabi tahdidlar soni oshib bormoqda.

Jumladan, Passaik shahridagi islom markaziga kamida sakkiz marta qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Paterson shahridagi islom markaziga ham ko‘plab marotaba tahdid qilingan. Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, Soipov aynan shu markazga tez-tez kelib turgan.