Birinchi Hyperloop quvurining qurilishi 2020-yilda boshlanadi. 50—60 kilometr uzoqlikdagi manzilga borish esa besh dollarga tushadi. Bu haqda Virgin Hyperloop One kompaniyasining ijrochi direktori Rob Lloydga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlarni 2019-yilda boshlash rejalashtirilmoqda, sinov qatnovlari esa 2021-yildan boshlanadi.

Kompaniya birinchi Hyperloop’ning qayerda qurilishiga hali aniqlik kiritgani yo‘q. Muhokama qilinayotgan davlatlar orasida AQSh, Meksika, Shimoliy Yevropa va BAA bor.